Qisqacha
Zapchast CRM — ehtiyot qismlar va aksessuarlar do'konlari uchun hisob tizimi (sotuv, prixod, mijoz va ta'minotchilar bilan hisob-kitob, kassa). Istalgan do'kon bepul ro'yxatdan o'tadi, so'ng xodimlarini qo'shadi. Har bir do'konning ma'lumoti alohida bazada saqlanadi va boshqa do'konlarga ko'rinmaydi. Biz reklama ko'rsatmaymiz, foydalanuvchini kuzatmaymiz (tracking yo'q), ma'lumotlarni sotmaymiz va uchinchi tomonga bermaymiz.
Kuchga kirgan sana: 2026-11-03
Qanday ma'lumotlar saqlanadi
- Do'kon va hisoblar: do'kon nomi, egasi va xodimlarning ismi, login, telefon (ixtiyoriy), ruxsatlar. Parol faqat xeshlangan holda (scrypt) saqlanadi.
- Do'kon ma'lumotlari — foydalanuvchilar o'zlari kiritadi: tovarlar va narxlar, mijoz va ta'minotchilar (ism, telefon, manzil), sotuv/prixod hujjatlari, to'lovlar, qarzlar.
- Texnik jurnal: kirish vaqti va IP manzil (xavfsizlik — parolni taxmin qilishdan himoya uchun), amallar tarixi (kim, qachon, nima qildi).
Ilova telefoningizdan joylashuv, kontaktlar, rasmlar yoki kamera ma'lumotlarini olmaydi. Telefonda faqat kirish kaliti (token — iOS Keychain'da) va ilova sozlamalari saqlanadi.
Ma'lumotlar qayerda va qanday himoyalanadi
Ma'lumotlar serverda (Yevropa Ittifoqi, Germaniya), har bir do'kon uchun alohida bazada saqlanadi. Ulanish faqat shifrlangan (HTTPS). Har bir xodim faqat o'ziga berilgan ruxsatlar doirasidagi ma'lumotni ko'radi (masalan, tannarx va foyda — faqat ruxsat bilan). Har soatda zaxira nusxa olinadi.
Saqlash muddati va o'chirish
Hisobni istalgan vaqtda o'zingiz o'chirasiz: ilovada «Ko'proq» → «Hisobni o'chirish», saytda «Profil» → «Hisobni o'chirish» (parol bilan tasdiqlanadi). Do'kon egasi o'chirsa — do'kon va uning barcha ma'lumotlari (tovarlar, hujjatlar, mijozlar, xodim hisoblari) darhol o'chiriladi; xodim o'chirsa — faqat uning hisobi (ism, login, telefon) o'chadi, do'kon hujjatlari qoladi. Zaxira nusxalar 30 kun ichida o'chib ketadi. Savollar bo'lsa — quyidagi aloqaga yozing.
Demo rejim: ilovadagi «Demo bilan tanishish» namunaviy (to'qima) ma'lumotlar bilan ishlaydi; demo ma'lumotlar har kecha o'chirilib qayta yoziladi.
Aloqa
Telegram: @khamdamov
English summary
Zapchast CRM is a sales and bookkeeping tool for auto-parts and accessories shops (sales, purchases, customer/supplier balances, cash). Any shop can sign up for free and then add its staff; each shop's data is stored in its own separate database. We do not show ads, do not track users, and do not sell or share data with third parties.
- Stored data: shop name; owner and staff accounts (name, login, optional phone, permissions; passwords are hashed with scrypt); business records entered by users (products, prices, customers and suppliers with names/phones/addresses, sales and purchase documents, payments, balances); security logs (sign-in time and IP address, audit trail).
- On the device: only the sign-in token (in the iOS Keychain) and app preferences. The app does not access location, contacts, photos or camera.
- Storage and security: servers in the EU (Germany), a separate database per shop, HTTPS only, role-based access, hourly backups.
- Deletion: delete your account yourself at any time — in the app: «Ko'proq» (More) → «Hisobni o'chirish» (Delete account); on the web: Profile → Delete account. An owner deleting the account deletes the shop and all of its data immediately; a staff member deletes only their own account. Backups expire within 30 days. Demo mode uses fictional data that is reset nightly.
Contact: see «Aloqa» above.